Progesteronning ayollarga ta'siri

Progesteron – bu asosiy yoshlik gormonlaridan biri, ayollar endokrin salomatligining asosi va goʻzal xonimlar uchun uzoq umr koʻrish kafolatidir.
Progesteronning asosiy vazifasi tuxum hujayraning rivojlanishini va uning bachadonda joylashishini taʼminlash, shuning uchun uni koʻpincha homiladorlik gormoni deb atashadi. Homilador boʻlmagan ayollarda ham progesteron mavjud boʻladi va u hayz davrining ikkinchi bosqichida koʻpayadi, bu esa, afsuski, tashqi koʻrinishga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Progesteron organizmda suyuqlikning ushlanib qolishiga sabab boʻladi, qon tomir devorining oʻtkazuvchanligini oshiradi, teri choʻziluvchan boʻlib qoladi, teridagi yogʻ bezlaridan yogʻ ajralib chiqishi ortadi va husnbuzarlar paydo boʻladi. Suyuqlikning ushlanib qolishi hisobiga yuz biroz shishishi mumkin.

Progesteron shuningdek, yogʻ zaxirasining toʻplanishini faol ragʻbatlantiradi, hatto biz rejalashtirmagan boʻlsak ham, bizni homiladorlikka tayyorlaydi. Shuning uchun, hayz davrining ikkinchi bosqichida koʻpchilik bir-ikki kilogramm vazn orttiradi. Bundan tashqari, progesteron organizmning infeksiyalarga chidamliligini kamaytiradi va immunitetning zaiflashishi tufayli terining patogen mikroflorasiga taʼsir koʻrsatib, koʻpincha husnbuzarlar paydo boʻlishiga olib keladi. ⠀
Biroq, uning yetishmasligi saraton kasalligiga olib kelishi mumkin boʻlgan koʻplab ayol kasalliklariga sabab boʻladi.
Progesteron shishlarni kamaytiradi, biroz diuretik taʼsir koʻrsatadi va koʻkrak va bachadondagi estrogen retseptorlarini kamaytiradi. Hayz davrining oxirida estrogen darajasi keskin kamayib ketadi va bu yangi hayz davrini chaqiradi. Tabiat reproduktiv yoshdagi ayollarga har oy homilador boʻlish imkoniyatini bergan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.