Vitaminlar va mikroelementlar

Bugungi kunda vitamin komplekslarning turlari koʻpligi tufayli ular orasidan oʻzimiz uchun ayni vaqtda eng mosini tanlash oson emas. Vitaminlar va mikroelementlar har doim isteʼmol mahsulotlari tarkibida boʻlishi zarur, ular organizmga yetishmagan taqdirda esa, bu tanqislikni toʻldirishga yordam beradigan individual dori vositalarini isteʼmol qilish juda muhim.

Salbiy muhit, tez-tez kuzatiladigan stresslar, qalqonsimon bez kasalligi, oshqozon-ichak trakti, metabolik kasalliklar miyaga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Biz sizga organizmingiz uchun zarur boʻlgan B guruh vitaminlarini – miya uchun kerakli vitaminlarni tavsiya etmoqchimiz:

✔️В1 – xotirani mustahkamlaydigan vitamin (yangi uzilgan sabzavotlar, grechka va suli yormasi, goʻsht mahsulotlari, yongʻoqlar, tuxumlar tarkibida mavjud);
✔️В2 – aqliy faoliyatni oshiradigan vitamin (tovuq tuxumlari, sut, tvorog, pishloq, jigar va buyraklar tarkibida mavjud);
✔️В3 – xotirani mashq qildirish uchun zarur vitamin (javdar noni, grechka, loviya, yongʻoqlar, tozalanmagan don, xamirturush, tuxum sarigʻi, sut, goʻsht, jigar, buyrak, qoʻziqorinlar, ananas tarkibida mavjud);
✔️В5 – uzoq muddatli xotira uchun vitamin (noʻxat, xamirturush, funduk yongʻogʻi, grechka, suli yormasi, rangli karam, jigar, buyraklar, yurak tarkibida mavjud);
✔️В6 – aqliy qobiliyatni oshiradigan vitamin (baliqlar (losos, tunes, sardine, paltus va seld), yongʻoqlar (grek yongʻogʻi, araxis), non va butun donlar tarkibida mavjud);
✔️В9 – fikrlashni tezlashtirish uchun foliy kislotasi (sitrus mevalar, dukkakli ekinlar va butun donli boshoqli mahsulotlar tarkibida mavjud);
✔️В12 – miya faoliyati uchun har kuni zarur vitamin (jigar, mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, qoʻy goʻshti, tuxum va kurkaning koʻkrak goʻshti tarkibida mavjud).

Zamonaviy laboratoriya mutaxassislaridan yanada koʻproq foydali maslahatlar

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida toʻliq diagnostikadan oʻtishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida butun Toshkent boʻylab laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.