Metformin qabul qiluvchilar uchun B12 vitaminining ahamiyati

Suvda eruvchan B12 vitamini asab tolalari orqali signallarning yaxshi uzatilishi, ruhiy funksiyalarning ishlashi, DNK sintezi va eritrotsitlarning ishlab chiqarilishi uchun juda zarurdir.
Sianokobalamin yetishmovchiligi bu – kayfiyatga va quvvat darajasiga taʼsir qiladigan jiddiy holat. Shuningdek, u asab tolalarining qayta tiklab boʻlmas darajadagi surunkali shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Baʼzida metformindan foydalanganlik sababli tarkibida B12 boʻlgan polivitaminlarni qabul qilganda ham baribir sianokobalamin gipovitaminozi kuzatiladi. Shuning uchun, ushbu preparatni qabul qiladigan odamlar har yili oʻz organizmidagi B12 darajasini tekshirib turishlari va zarurat boʻlganda, oʻz ratsioniga oʻzgartirish kiritishlari kerak.

Tadqiqotchilar metformindan foydalanish bilan B12 vitamining yetishmovchiligi oʻrtasida aniq bogʻliqlik borligini isbotlashgan va uning darajasini doimiy nazorat qilib turish juda zarur deb hisoblashadi.
Shifokorlar metforminni uzoq vaqt davomida qabul qilish va B12 vitamini yetishmasligi oʻrtasida bogʻliqlik borligini aniqlashgan. Biroq, shunga qaramay, ular metformin ichadigan bemorlarga bu vitamin darajasini aniqlash uchun tahlil topshirishni kamdan-kam hollarda buyuradilar. B12 vitaminining yetishmasligi asab tizimining jiddiy, qayta tiklab boʻlmas darajada zararlanishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz metformin qabul qilayotgan boʻlsangiz, yiliga bir marta organizmingizdagi B12 vitamini darajasini tekshirishingiz kerak, zarurat boʻlganda esa, ushbu vitamin yetishmovchiligini toʻldirish uchun sizga bioqoʻshimchalar buyurilishi kerak. Bu sizga gipovitaminoz bilan bogʻliq asoratlardan qochishga yordam beradi.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.