Gemoglobin darajasiga nima ta'sir qiladi

Gemoglobinning asosiy vazifasi butun organizmni kislorod bilan taʼminlashdir. Kislorodning yetishmasligi esa, gipoksiyaning – kislorod ochligining kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun qonda gemoglobinning koʻpayishi yoki kamayishi organizm uchun xavfli boʻlishi mumkin va bu bir qator turli xil patologiyalar bilan bogʻliq.
Gemoglobin darajasini nazorat qilish koʻplab xavfli kasalliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlashga va imkon qadar tezroq davolanishni boshlashga imkon beradi. Bundan tashqari, qon koʻrsatkichlarining uzoq vaqt davomida meʼyorida boʻlmasligi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Odatda, gemoglobin uchun qon tahlilini topshirish umumiy tekshiruv va tibbiy koʻrik paytida yoki organizmning davolanishga va buyurilgan dori-darmonlarga boʻlgan javob taʼsirini kuzatish uchun buyuriladi.
Tahlilni ertalab, och qoringa topshirgan maʼqul , shuningdek tahlil topshirishdan bir kun oldin jismoniy mehnat qilmaslik, alkogol va yogʻli ovqatlar isteʼmol qilmaslik, dori-darmonlar qabul qilmaslik lozim.
Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz gemoglobin miqdorini aniqlash uchun qon tahlili topshirishingiz va javoblarni ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.


Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.