Allergiya bilan azob chekishni to'xtatish

Allergik reaksiyalar millionlab odamlarning hayotini zaharlaydi. Ammo nega bizning organizmimiz beozordek tuyuladigan bunday qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan bunchalik salbiy taʼsirlanadi?
Allergiya – bu atrof-muhitning ayrim omillarining: kimyoviy moddalar, mikroorganizmlar va ularning hayot faoliyati mahsullari va oziq-ovqat mahsulotlarining taʼsiriga nisbatan organizmning yuqori sezuvchanligidir.


Allergik kasalliklar turlari:
✔️ Respirator (nafas olish) allergozlar;
✔️ Kontakt allergozlar (teri shakllari);
✔️ Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya;
✔️Hasharotlarga allergiya;
✔️ Yuqumli allergozlar;
✔️ Dori-darmonlarga allergiya;
✔️ Anafilaktik shok.


Allergiyaning eng xavfli namoyon boʻlish shakli – bu anafilaktik shok, yaʼni allergenlar bilan munosabatga kirishganda organizm sezgirligining tez va keskin oʻsishi. Uning eng tez paydo boʻladigan alomatlari – bu hiqildoqning shishishi tufayli shishlar paydo boʻlishi va nafas olishning qiyinlashuvi.
Allergiya rivojlanishining xavf omillaridan biri bu genetik moyillikdir. Shuningdek, gigiyena taʼsiri nazariyasi ham mavjud boʻlib, unga koʻra gigiyena meʼyorlariga rioya qilish bolalik davrida inson immun tizimiga yetarli darajada yuklama tushmasligiga olib keladi va natijada u zararsiz moddalar bilan ham kurashishni boshlaydi.
Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz oʻzingizda allergiya bor yoki yoʻqligini aniqlab beradigan tahlillarni topshirishingiz va javoblarini ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.


Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.