Umumiy bilirubin: norma nima?

Bilirubin – bu qon pigmenti boʻlib, u organizmdagi safroning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. U jigar fermentlari tizimining ishini aks ettiradi. Jigar faoliyati bilan bogʻliq muammolar boʻlganda bilirubin darajasi koʻtariladi. Tashqi jihatdan, u sariq kasaldagi belgilarni namoyon qilishi mumkin.

Sariq kasalning barcha belgilari – teri rangining va koʻz oqining oʻzgarishidan tortib peshobning xiralashishi va axlat rangining oʻzgarishigacha barchasi aynan bilirubin darajasining oʻzgarishi bilan bogʻliqligini hamma ham bilmasa kerak. Bilirubinning meʼyoriy almashinuvi jigar va organizmning barcha detoksikatsiya tizimlarining salomatligini bildiradi.
Bilirubin darajasini aniqlash uchun biokimyoviy qon tekshiruvi oʻtkaziladi va bevosita va umumiy bilirubinning tarkibi baholanadi. Umumiy bilirubin barcha bilirubinlarni, xususan, ham bevosita, ham bilvosita bilirubinlarni oʻz ichiga oladi. Qonni tekshirishdagi meʼyoriy koʻrsatkich bu umumiy bilirubinning 3,4-20,5 mkmol/l darajadagi konsentratsiyasi hisoblanadi. Bilvosita bilirubinning bevosita bilirubinga nisbati taxminan 3 ga 1 boʻlishi kerak.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida umumiy bilirubin uchun tahlil topshirishingiz va natijasini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.