Nima uchun qon ivishini o'rganish kerak?

Qonning ivish xususiyati inson organizmining eng muhim himoya funksiyasini bajaradi
Qonning ivishi tahlili – bu uning quyuqlashish xususiyati uchun masʼul boʻlgan qon koʻrsatkichlarini tekshirishdir. Tibbiyot tilida ushbu tahlil koagulogramma deb nomlanadi.

Qonning ivish tizimining buzilishi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Koʻrsatkichlar yuqori boʻlganda yurak-qon tomir patologiyalari – yurak xurujlari, insultlar va tromblar hosil boʻlishi xavfi yuzaga keladi. Bu inson hayoti uchun juda xavfli hisoblanadi.

Qonning ivishi tahlili quyidagi holatlarda buyuriladi:
✔️Nazoratsiz qon ketishi;
✔️Tromboz;
✔️ Oyoqlardagi vena qon tomirlarining varikoz kengayishi;
✔️Yurak-qon tomir tizimining patologiyalari;
✔️Miyadagi qon aylanishining kuchli darajada buzilishi;
✔️ Qon tizimining irsiy patologiyalari;
✔️ Jigar kasalliklari;
✔️Immun tizimi kasalliklari.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida qon ivishi tahlilini topshirishingiz va natijasini eng qisqa muddat ichida olishingiz mumkin. Natijalarni ertasi kuniyoq olish mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.