Tibbiyot xodimlari kuni hisoblanadi

Bugun rasman Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari kuni hisoblanadi.

Shifokorlik kasbi eng qadimiy va eng insonparvar kasblardan biridir. Dunyoda hech bir mutaxassislik bu kasbdek katta masʼuliyat talab qilmaydi, chunki shifokor xatosining qiymati inson hayotiga teng. Kasb bayrami boʻlmish Tibbiyot xodimlari kunining keng nishonlanishi esa, shifokorlarning jamiyatdagi va har bir inson hayotidagi beqiyos oʻrniga hurmat va eʼtirof nishonasidir.

Shifokorlarimizni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Martabangiz bundanda ulugʻ boʻlsin qadrli shifokorlar!