Uraza paytida to'g'ri ovqatlanish

Muborak Ramazon oyi boshlanishidan oldin, koʻpchilikda bu davrda qanday qilib toʻgʻri ovqatlanish kerakligi borasida savol tugʻiladi. Lekin, aslini olib qaraganda sizning ratsioningiz odatdagidan unchalik farq qilmasligi kerak va imkon qadar oddiy boʻlishi kerak.

SSLab sizga sogʻlom ovqatlanish boʻyicha baʼzi maslahatlarni beradi:

✔️Saharlik paytida murakkab uglevodlarga boy ovqatlarni isteʼmol qiling. Masalan: non, yormalardan tayyorlangan taomlar, yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan salat va quruq mevalar. Ularga qoʻshimcha ravishda goʻsht, baliq, tuxum yoki sut mahsulotlari kabi oqsilga boy mahsulotlardan ham ozroq isteʼmol qilishingiz mumkin;
✔️Saharlik paytida qahvadan voz kechganingiz va oʻz ratsioningizga koʻkatlar va oz miqdorda tuz solingan qatiq va sut mahsulotlaridan iborat ichimliklarni qoʻshganingiz maʼqul;
✔️ Yogʻli va qovurilgan ovqatlarni, shuningdek tarkibida shakar koʻp boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslikka harakat qiling.
Sabzavotli va goʻshtli-sabzavotli taomlardan isteʼmol qilinsa yanada yaxshi. Yangi sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, yormalardan tayyorlangan taomlar juda foydali boʻladi. Shirinliklar isteʼmol qilish mumkin, ammo ular juda oz miqdorda boʻlgani yaxshi;
✔️Tanadagi suyuqlik miqdorini saqlab turish uchun, iftorlikdan soʻng to uyquga yotguncha iloji boricha koʻproq suv va sharbatlar ichishni tavsiya etamiz. Ichimliklardan – yangi tayyorlangan sharbatlar, morslar, kompotlar, kisel, choy yoki oddiy suv ichish kerak;
✔️ Roʻza paytida tez tayyor boʻladigan ovqatlarni ratsioningizdan chiqarib tashlang;
✔️Va, albatta, shakar, kletchatkalar, uglevodlar, kaliy va magniyning betakror manbai boʻlmish, bizning sevimli xurmolarimizdan yeyish kerak

Barcha qoidalarga rioya qilgan holda roʻza tutish bizni nafaqat ruhan poklaydi, balki salomatligimizni ham mustahkamlaydi. Butun yil davomida muntazam ravishda oziq-ovqat isteʼmol qilishdan charchagan inson organizmi bu oyda dam oladi va yangi hayotiy kuch toʻplaydi.