Kam qonlik oqibatlari va uning oldini olish

Har bir odamda ham odatda yengil turdagi anemiya uchrab turadi, ammo buni har doim ham salbiy oqibatlarga olib kelmaydi deb bo'lmaydi. Kam qonlik, shuningdek, jiddiy kasalliklar, suyak iligi, o'smalar, og'ir gematologik kasalliklar bilan birga kelishi mumkin. Shu sababdan anemiya kuzatilganda imkon qadar erta e'tibor qaratish zarur

Kam qonlikning asosiy belgilari quyidagilardir:
- terining och rangda bo'lishi (oqdan sarg'ish ranggacha) va shilliq pardalarning oqarishi;
- soch to'kilishi va tirnoqlarning mo'rtlashishi;
- ta'm sezishning o'zgarishi, tilda achishishni his qilish;
- jismoniy faollikning pasayishi, charchoq his qilish;
- bosh aylanishi, vaqti-vaqti bilan boshning og'rib turishi, kamdan-kam hollarda hushdan ketish;
- qon yo'qotish tufayli ayollarda hayz siklidagi o'zgarishlar va boshqalar.

Ushbu belgilarning mavjudligi anemiyaning faol rivojlanayotganiligini ko'rsatadi. Batafsil tekshirish uchun kerakli tahlillarni topshirishni tavsiya etamiz:
- Umumiy qon tahlili;
- Qonning biokimyoviy tekshiruvi;
- Ferritin;
- Transferrin.

Bundan tashqari, anemiya sababini aniqlash uchun qo'shimcha tarzda quyidagi tekshiruvlardan o'tish tavsiya qilinadi:
- Gastroskopiya - ovqat hazm qilish a'zolarini endoskopik tekshirish;
- Kolonoskopiya - yo'g'on ichakni endoskopik tekshirish;
- Qorin bo'shlig'i organlarining ultratovush tekshiruvi;
- Ginekologik tekshiruv;
- EKG.

Barcha savollar bo'yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.