Erkaklar salomatligi: Sinovdan o'ting

Erkaklar salomatligi uchun tahlillar
Erkaklar salomatligi ham xuddi ayollarnikidek katta eʼtibor talab qiladi. Biroq, kuchli jins vakillari noxush alomatlar paydo boʻlganda, hatto 35-40 yoshda ham, shifokorga murojaat qilishga shoshilmaydilar. Ammo bu davrda jismoniy charchoq va lohaslik jiddiy kasalliklarning dastlabki alomatlari boʻlishi mumkin.

Topshirilishi kerak boʻlgan asosiy tahlillar:
✔️Lipid profilini va qonda siydik kislotasini skrining qilish (Siz uchun odatiy boʻlgan ovqatlanish ratsioniga amal qilganda yogʻ almashinuvining holatini bilish, uning salomatlik uchun xavfini va yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladigan metabolik oʻzgarishlarning shakllangan belgilarini aniqlashga imkon beradi);
✔️Gormonal skrining (Ushbu test erkaklarda terida muammolar boʻlganda va ortiqcha vazn boʻlganda, libidoning tushishi kuzatilganda, homiladorlikka erishish bilan bogʻliq muammolar boʻlganda buyuriladi);
✔️Qonning kompleks biokimyoviy tahlili (Ushbu majmua ichki organlar: jigar, buyraklar, yurak, oshqozon osti bezi faoliyatini aks ettiruvchi qondagi muhim fermentlarning asosiy koʻrsatkichlarini oʻrganadi);
✔️Prostata saratoni boʻyicha test – PSA (Ushbu testni barcha sogʻlom erkaklar, hatto oʻzlarini mukammal darajada yaxshi his qilsalar ham topshirishlari kerak. Prostata shishi juda xavfli boʻlib, u tez va simptomsiz rivojlanishi mumkin. Oddiy laboratoriya tekshiruvi kasallikni dastlabki bosqichda, davolash imkoniyati mavjud boʻlgan davrda aniqlash imkonini beradi).

Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz barcha tegishli tahlillarni topshirishingiz va natijalarni ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq punktlari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.