Emlash haqida nimalarni bilasiz

Keling, emlash toʻgʻrisida gaplashamiz?
Barcha vaksinalar – bu tibbiy immunobiologik preparatlardir, chunki ular shifokor nazorati ostida organizmga yuboriladi va qarshi kurashadigan immunitet hosil qilish rejalashtirilayotgan kasalliklarning maxsus texnologiya boʻyicha qayta ishlangan qoʻzgʻatuvchilarini oʻzida saqlaydi.
Vaksinani organizmga yuborish uchun turli usullardan foydalaniladi, ularning tanlovi himoya immunitetini shakllantirish mexanizmi bilan aniqlanadi, yuborish usuli esa, qoʻllash yoʻriqnomasida koʻrsatiladi.
Bugungi kunda emlash zamonaviy tibbiyotga maʼlum boʻlgan yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng samarali vositasi hisoblanadi.