Revmatik qon tekshiruvi nimani ko'rsatadi?

Revmoprobalar – bu biriktiruvchi toʻqimalarning tizimli kasalliklarini, organizmda yuqumli yalligʻlanish jarayonining mavjudligini, saraton kasalligini va immun tizimi faoliyatidagi patologik oʻzgarishlarni aniqlashga imkon beradigan qon tahlillari guruhi.

Standart tekshiruvlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
✔️Revmatoid faktor (RF) uchun tahlil. RF – bu autoimmun kasalliklarda ishlab chiqariladigan antitanachalarning bir turi. Uning darajasining oshishi birinchi navbatda revmatoid artritdan darak beradi. Ushbu koʻrsatkichning oshishi bilan kasallikning ogʻir kechishi va remissiyaga erishishning qiyinligi darajasi oshadi;
✔️Antistreptolizin (ASLO) – bu A guruhidagi streptokokklar tufayli kelib chiqadigan bakterial yuqumli jarayonlarning belgisidir. Revmatik bezgakka shubha qilinganda tahlil topshirish buyuriladi. Tekshiruv ikki marta oʻtkaziladi;
✔️C-reaktiv oqsil. Oʻtkir fazali oqsillar guruhiga kiruvchi qon plazmasi oqsili boʻlib, yalligʻlanish holatida uning konsentratsiyasi oshadi. Uning qondagi darajasining oshishi miokard infarkti, revmatoid artrit, revmatizm, tizimli qizil volchanka, Shergen kasalligi yoki mushaklarda shikastlanish borligidan darak berishi mumkin.

⏰ Revmoproba uchun qon tahlili ovqatlangandan keyin kamida 8 soat oʻtgach, yanada yaxshirogʻi 12 soat oʻtgach topshirilishi kerak. Faqatgina suv ichish mumkin.
Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida revmoproba uchun qon tahlili topshirishingiz va natijasini ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.