TTG ning oshishi nimani anglatadi?

Tireotrop gormon (TTG) – moddalar almashinuvi tizimida juda muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Organizmda TTG tarkibining oʻzgarishi gormonal buzilishlardan darak beradi. Yosh ortgani va organizmning rivojlangani sari TTG darajasi oʻzgaradi. Yillar oʻtishi bilan bu koʻrsatkich barqarorlashadi.

Aniq klinik holatni bilish uchun TTG tahlilini ertalab, och qoringa topshirish kerak. Tahlil topshirishdan oldin chekmaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, juda koʻp ovqatlanmaslik, shuningdek ortiqcha jismoniy zoʻriqishdan va ruhiy-emotsional zoʻriqishdan saqlanish kerak.

Quyidagi alomatlar TTG darajasining ortganidan darak berishi mumkin: lohaslik va hafsalasizlik, uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi. Baʼzida terining oqarishi, xotiraning yomonlashishi, ovqat hazm qilishning buzilishi, vazn ortishi, issiqqa va sovuqqa chidamsizlik ham kuzatiladi.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida TTG uchun tahlil topshirishingiz va natijasini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.