D vitamini uchun tahlil

Sogʻligimizni qoʻllab-quvvatlash uchun biz barcha turdagi vitaminlarni mavsumga yoki tanamizda ularning oz yoki koʻp miqdorda yetishmasligiga qarab isteʼmol qilishimiz kerak.

D vitamini butun organizmning meʼyorida ishlashi uchun juda muhimdir. U tayanch-harakat tizimining rivojlanishi, suyaklar, tishlar va tirnoqlarning mustahkamligi va moddalar almashinuvi jarayonining meʼyorida kechishi uchun zarurdir. U qayerdan olinishi ham maʼlum: quyosh nuri ostida boʻlish uning organizmda sintezlanishiga, yogʻli baliq va sut mahsulotlari esa uning zaxirasini tashqaridan toʻldirilishiga yordam beradi. U immunitet himoyasini kuchaytiradi, skeletning toʻgʻri rivojlanishini va mushaklar ishini taʼminlaydi, gormonal tizimni tartibga soladi, yurak-qon tomir va endokrin tizimlar, tayanch-harakat tizimi va teri kasalliklarining oldini oladi. Bundan tashqari, saraton oʻsmalarining shakllanishi va rivojlanishi ham D vitamini darajasiga bogʻliq.

Bu vitamin organizmda yetarlimi, ortiqcha emasmi buni qanday qilib bilish mumkin va agar muvozanat buzilgan boʻlsa nima qilish kerak? Zarur maʼlumotlarni bizning klinikamizda D vitamini miqdorini aniqlash uchun oʻtkaziladigan maxsus qon tahlili yordamida olish mumkin.

Tahlil organizmning holati haqida maʼlumot olishga imkon beradi. Vitaminlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi erta yoshda organizmda rivojlanish nuqsonlarining paydo boʻlishiga va keksa yoshda turli xil kasalliklarning paydo boʻlishiga olib keladi. Qon tahlillari organizmda D vitamini miqdori oʻzgarishining aniq sabablarini aniqlashga va davolash strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.
SSLab – bu eng zamonaviy laboratoriya boʻlib, unda siz D vitamini uchun tahlil va boshqa koʻplab tahlillarni topshirishingiz mumkin. Biz sizga ertasi kuniyoq natijalarni taqdim etamiz!

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.