Baxt gormoni haqida eshitganmisiz

Siz organizmingizga yaxshi kayfiyat bagʻishlaydigan gormon borligini bilasizmi? Endorfin xalq orasida, baxt gormoni deb ham ataladi.
Inson organizmidagi endorfin gormoni miyamiz tomonidan ishlab chiqariladi. Ushbu gormonning ajralish miqdori va tezligi odamning holati va xatti-harakatlariga qarab oʻzgaradi.


Bilasizmi:
✔️Endorfin tanadagi ogʻriqni kamaytiradi va stressni yengishda yordam beradi;
✔️ Miyada endorfin ishlab chiqarilishi uchun kishi oʻziga zavq beradigan ishlar bilan shugʻullanishi kerak. Shunda, miya koʻproq endorfinlarni ajratib chiqarib, kishiga yanada baxtliroq boʻlishga va hayotdan zavq olishga yordam beradi;
✔️Endorfin tabiiy ogʻriq qoldiruvchi vositadek taʼsir koʻrsatadi;
✔️Endorfin gormoni ajralishini taʼminlaydigan mahsulotlar: muzqaymoq, qulupnay, banan, shokolad, uzum va makaron.

Zamonaviy SSLab laboratoriyasi mutaxassislari sizga oʻzingiz yoqtirgan narsalar bilan shugʻullanishni, koʻproq ijobiy fikrlashni va koʻproq tabassum qilishni tavsiya etishadi


Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.