Nima uchun UQTni olishim kerak?

Nima uchun UQT topshirish kerak?
Eng keng tarqalgan tekshiruv usullaridan biri bu qonni umumiy tahlil qilishdir. U turli xil kasalliklarga tashxis qoʻyish uchun, shuningdek rejali tibbiy koʻriklar vaqtida buyuriladi. Qon tahlilida kasallikdan dalolat beruvchi belgilar aks etishi mumkin.

Klinik qon tahlili quyidagi koʻrsatkichlarga ega:
✔️ leykotsitlar, leykotsitar formula;
✔️ qizil qon koʻrsatkichlari (gemoglobin, eritrotsitlar), gematokrit;
✔️ trombotsitlar;
✔️ eritrotsitlar choʻkish darajasi;

Har qanday tahlil turi mutaxassis koʻrsatmasi boʻyicha oʻtkazilishi kerak. Ushbu protsedura rejali ravishda oʻtkaziladi va u tibbiy koʻrik paytida oʻtkazilishi shart boʻladi. Shuning uchun, agar u buyurilsa, bu sizda albatta qandaydir bir kasallik aniqlanishini anglatmaydi. Ammo biror kasallik taxmin qilinganda ham, mutaxassis shu taxminni tasdiqlash yoki rad etish uchun ushbu tahlilni buyurish huquqiga ega.

Zamonaviy SSLab laboratoriyasida yuqori malakali mutaxassislar bu protsedurani mukammal darajada, tez va ogʻriqsiz oʻtkazadilar. Tekshiruv natijalariga hech narsa taʼsir koʻrsatmasligi uchun tahlilni och qoringa oʻtkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, siz natijalarni ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq punktlari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.