Virusli gepatit va uning xavfli jihati nimada?

Gepatit — bu jigarning o'tkir yoki surunkali yallig'lanishi

Gepatit kelib chiqish sababiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi:
• virusli: gepatit A, B, C, D, E, G;
• zaharli: alkogol sababli yuzaga keladigan, dorilar tufayli yuzaga keladigan, kimyoviy zaharlanish sababli paydo bo'ladigan gepatit;
• nurlanish tufayli yuzaga keladigan gepatit;
• autoimmun;
• steatogepatit;
• ishemik;
• reaktiv.

Gepatitning eng keng tarqalgan virusli, ya'ni A, B va C turlari.

Gepatit A.
Kasallikning o'ta yuqumli, ammo yengil va nisbatan zararsiz shakli bo'lib, uni HAV virusi keltirib chiqaradi.

Gepatit B.
HBV virusi keltirib chiqaradi. U butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan. Uning asosiy xavfli jihati — surunkali shaklning rivojlanish xavfi yuqori darajada ekanligi.

Gepatit C.
HCV virusi keltirib chiqaradi. Bu gepatitning o'ta surunkali shakli bo'lib, o'nlab yillar davomida "yuzaga chiqmasligi" mumkin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda har bir inson gepatit C uchun tekshiriladi.

Gepatit D.
Uni HDV keltirib chiqaradi, u faqat odamlarga ta'sir qiladigan kichik virusdir. Gepatitning boshqa shakllaridan farqli o'laroq, u unchalik ham xavfli emas.

Gepatit E.
HEV virusi yuzaga keltiradi. U ko'p jihatdan gepatit A ga o'xshaydi — fekal-og'iz yo'li orqali yuqadi, kambag'allik darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarda keng tarqalgan, ammo gepatit B va C kabi xavfli emas.

Gepatit bilan og'rigan bemorlarga tashxis qo'yish va ularni nazorat qilish uchun bir nechta qon tahlillari mavjud. Siz barcha kerakli tahlillarni "SS-lab"da topshirishingiz mumkin

 

Barcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87, +998 99 287-87-87