COVID-19 test turlari

"SSlab" laboratoriasida bir necha turdagi testlar mavjud. Natija bir kun yoki 15 daqiqadan so'ng ma'lum bo'ladi. COVID-19 testi steril sharoitda tajribali xodimlar nazorati ostida oʻtkaziladi

1️⃣ - COVID-19 uchun PZR testi.
2️⃣ - Ekspress antigen testi.
PZR testiga o'xshaydi, lekin 15 daqiqada amalga oshiriladi va kasallik bor-yo‘qligini aniqlaydi.
3️⃣ - COVID-19 antijeni yoki gripp uchun tezkor test.
Tomoq og'rig'i va burun oqishi belgilari bilan u organizmda Covid-19 yoki grippni aniqlaydi, agar ikkala natija ham salbiy bo'lsa - O‘RVI.
4️⃣ - COVID-19 ga IgM antitelalari.
Hozirgi vaqtda bemorni yoki kasallikdan keyingi qoldiq ta'sirlarni aniqlaydigan qon testi. Ushbu tahlil natijalariga ko'ra, Covid-19 tashxisi qo'yilmaydi, PZR testi tasdig‘i talab etiladi.
5️⃣ - COVID-19 ga qarshi IgG antitelalari.
Odamning kasal bo'lgan yoki yo'qligini, shuningdek, uning antitelalari darajasini aniqlaydigan qon testi.
6️⃣ - COVID-19 ga SRBD IgG antitelalari.
Emlashdan keyin antitelalar darajasini aniqlaydigan qon testi. Tahlil emlashning oxirgi bosqichidan 3-4 hafta o'tgach amalga oshiriladi.

Koronavirusni aniqlash uchun qaysi testni tanlash borasida laboratoriyadagi hamshiralar sizga maslahat berishadi

Testdan oldin 2 soat davomida yeb-ichishdan, shuningdek chekishdan tiyilish tavsiya etiladi. Biomaterialni qabul qilishdan yarim soat oldin saqich chaynash, tomoq chayish, burun spreylari va tomchili dorilarini qabul qilish mumkin emas.