Uyqu sog'lom turmush tarzining zaruriy shartidir

Uyqu insonning eng muhim biologik ehtiyojlaridan biridir. U organizmni himoya qiladi va uning charchagani haqida ogohlantiradi, hamda bu bilan organizmning eng muhim funksiyalarini ishlash holatida saqlab qoladi. Inson hayotining uchdan bir qismini uyquga sarflaydi.
Kattalar muntazam ravishda kuniga 7 soat yoki undan koʻproq vaqt uxlashlari kerak. Baʼzilar, xususan, yoshlar va surunkali kasalliklarga chalingan kishilar esa, undan ham koʻproq – kuniga 9 soat uxlashlari kerak. Faqat oz sonli odamlarga kuniga 6 soatdan kam uxlash yetarli boʻladi.

Toʻyib uxlamaslikning oqibatlari:
✔️ Immunitetning zaiflashuvi;
✔️Ko‘p ovqatlanish va ortiqcha vazn;
✔️ Samaradorlikning pasayishi;
✔️ Motivatsiyani tushib ketishi;
✔️ Yomon kayfiyat.

Uyqu – bu organizm uchun hordiq. Agar uyqu yetarli boʻlmasa, u holda odam jismoniy darmonsizlikni, bosh ogʻrigʻini, asabiylikni boshdan kechirishni boshlaydi. Bundan tashqari, koʻpchilik odamlar oʻzlarini yomon his qilishlarining sababini yetarli darajada uxlamaslikda ekanligini anglamaydilar.
Uyquning yetishmasligi kasallikka chidamlilikni pasaytiradi. Uyqu paytida bizning organizmimizni oʻzaro uygʻunlikda ishlashga majbur qiladigan maxsus kimyoviy moddalar – neyromidiatorlar ishlab chiqariladi. Shuning uchun immun tizimi uyquga juda katta ehtiyoj sezadi. Yaxshi uxlaydigan odamlar kamroq kasal boʻlishadi.
Asosiysi shuni yodda tutish kerakki, koʻpchilik kasalliklar nafaqat asablar tufayli, balki uyqusizlik tufayli ham kelib chiqadi. Shuning uchun har doim tetik va sogʻlom boʻlish uchun, oʻz uyqu tartibingizga amal qilishga harakat qiling☺️