Viruslarning asoratlari uchun skrining

Sovuq va salqin ob-havoda iliq kunlarga qaraganda kasallikning rivojlanishi ehtimoli yuqori boʻladi. Mazkur kasallik sogʻliq uchun xavfli boʻlgan asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ushbu kasallikka chalingan bemorlar uchun nafas olish, yurak-qon tomir va organizmning boshqa tizimlarining ishlashiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan COVID-19 katta xavf tugʻdiradi.

Virusli infeksiyaga chalinganda kasallik asoratlarining rivojlanish xavfini oʻz vaqtida aniqlash uchun maxsus profil ishlab chiqilgan boʻlib, undagi koʻrsatkichlar diapazoni organizmning patogenga qarshi kurashda bevosita ishtirok etadigan asosiy tizimlarining, jumladan immun tizimining, qon hosil qilish tizimining, ajratish tizimining (buyraklar va jigar) va yurak-qon tomir tizimining holatini monitoring qilish, shuningdek, organizmning umumiy holatini – oqsil almashinuvi, toʻqimalarni kislorod bilan taʼminlanishi, qonning ivishi va toksinlarning zararsizlanish jarayonlarini baholash uchun zarur shaklda tanlangan.
Bunda quyidagi tahllilarni topshirish tavsiya etiladi:

  • umumiy qon tahlili + EChT, CRP;
  • karbamid, kreatinin;
  • umumiy bilirubin;
  • albumin;
  • ALT, AST;
  • D-Dimer.

Oʻtkazilgan monitoring asosida SSLab laboratoriyasi mutaxassislari virusli kasalliklar va yuqumli kasalliklarning xavflilik darajasini aniqlaydi va zarurat boʻlganda, sizga tegishli davolash muolajalarini buyuradi.
Oʻz sogʻligʻingiz haqida gʻamxoʻrlik qiling – virusli infeksiyaga chalinganda asoratlarni aniqlash uchun oʻz vaqtida skriningdan oʻting.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.