Tezkor testdan o'tish

Ogohlantirish – qurollantirish demak✅

Bugungi kunda COVID-19 ga test topshirish SARS-CoV-2 infeksiyasini yuqtirganlik yoki yuqtirmaganlik toʻgʻrisida aniq maʼlumot olish imkonini beradi. Shuning uchun, agar siz yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlik borasidagi shubhalaringizga barham berishni xohlasangiz va natijani iloji boricha tezroq olishingiz kerak boʻlsa, unda ekspress-test sizga juda as qotadi. Masalan, agar sizda OʻRVI alomatlari paydo boʻlgan va siz bu aniq COVID-19 emasligini bilmoqchi boʻlsangiz, unda bu test siz uchun ayni muddao.
Zamonaviy SSLab laboratoriyasida Covid-19 uchun ekspress-testlar oʻtkaziladi, bundan tashqari siz laboratoriyamizning aynan oʻzingizning uyingizga yaqin boʻlgan filialini tanlashingiz mumkin, chunki bizning laboratoriyamizning Toshkent boʻylab 50 dan ortiq filiallari mavjud.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.