Homiladorlik testlarini o'tkazish: qanday tayyorlanish kerak?

Baxtga toʻla homiladorlik davri keldi va endi sizni oldinda koʻpdan-koʻp tekshiruvlar kutib turibdi. Ular orasida UTT, qon tahlili va boshqa koʻplab tahlillardan iborat skrining tekshiruvi ham bor.
Homiladorlik uchun qon tahlili – bu mavjud patologiyalarni aniqlash uchun zarur boʻlgan protseduradir. Shuningdek, u homiladorlikning oʻzini ham mavjudligini aniqlashga imkon beradi, chunki u ayolning qonida “xorionik gonadotropin” (XG) nomli gormonning bor-yoʻqligini aniqlaydi.

Homiladorlik davrida topshirilishi kerak boʻlgan tahlillar va ularga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak:
✔️ Umumiy qon tahlili.
Tekshiruv ertalab och qoringa oʻtkaziladi. Qon koʻrsatkichlari oʻzgarishining kunlik ritmlarini hisobga olgan holda, takroriy tekshiruvlar uchun namunalar ayni bir vaqtda olinadi;
✔️Biokimyoviy qon tahlili.
Tahlil topshiriladigan kun ertalab ovqatlanmaslik kerak. Ortiqcha jismoniy harakat qilmaslik, shuningdek, stressli vaziyatlardan qochish kerak. Shuningdek, qon topshirishdan oldin dori vositalarini isteʼmol qilmaslik kerak;
✔️ Siydik kislotasi darajasini aniqlash.
Tahlillardan oldingi kunlarda parhezga rioya qilish kerak: purin moddalariga boy ovqatlar – jigar, buyrak isteʼmol qilmaslik; ratsionda goʻsht, baliq, qahva, choyni iloji boricha cheklash kerak. Ortiqcha jismoniy faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi;
✔️Glyukoza bardoshlik testi (“shakar yuki”).
U faqat glyukoza miqdorini aniqlashning dastlabki natijalari boʻlganda, och qoringa, ortiqcha yuklamasiz amalga oshiriladi;
✔️Shuningdek, shifokoringizning tavsiyasi boʻyicha topshiriladigan koʻplab boshqa tahlillar.

Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz homiladorlik vaqtida barcha kerakli tahlillarni topshirishingiz va javoblarini ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab bizning laboratoriyamizning 50 dan ortiq punktlari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.