D vitaminining organizmdagi mineral almashinuvidagi ahamiyati

D vitamini boʻyning meʼyorida oʻsishida va suyak tizimining meʼyorida rivojlanishida hamda raxit va osteoporoz kabi jiddiy kasalliklarning oldini olishda asosiy rol oʻynaydigan vitamindir. D vitamini yordamida organizmda suyak toʻqimalarida kalsiyning ushlanib qolishi va choʻkishiga yordam beradigan minerallar almashinuvi tartibga solinadi, bu esa oʻz navbatida suyaklarning yumshashi yoki osteomalyatsiyasining oldini oladi.

D vitamini kalsiy fosfat metobolizmida organizmdagi moddalar almashinuviga muhim taʼsir koʻrsatadi. U kalsiy, magniy va fosforning soʻrilishiga va choʻkishiga yordam beradi. Shu bilan birga, D vitamini koʻrsatadigan muhim taʼsirlardan biri bu – ichak epiteliyasining fosfor va kalsiy uchun oʻtkazuvchanligining oshishidir.
D vitaminining inson organizmidagi roli faqat suyaklarni himoya qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Shuningdek, u organizmning yurak kasalliklari, teri kasalliklari va hatto saraton kasalligiga qarshi kurashishida ham muhim rol oʻynaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarida D vitamini yetishmaydigan joylarda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida artrit, ateroskleroz va diabet (ayniqsa, yoshlarda uchraydigan turi) kasalliklaridan aziyat chekayotgan aholi yuqori foizni tashkil etishi aniqlangan.

Barcha oziq-ovqat mahsulotlari orasidan D vitaminini inson organizmiga “yetkazib beruvchi” asosiy mahsulotlar sut mahsulotlari, tuxum va baliq yogʻi hisoblanadi. Oʻsimliklardan esa, qirqboʻgʻin, qichitqi oʻt va petrushka tarkibida koʻp miqdorda kalsiferol boʻladi. Ammo, shubhasiz, inson uchun D vitaminining asosiy sintezatori bu quyosh nuridir. Shuning uchun, biz sizga erta tongda tabiat qoʻynida koʻproq sayr qilishni tavsiya etamiz va ayni mana shu vaqtda organizmingiz uchun quyoshning foydali taʼsiri koʻproq boʻladi.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.