Tanamizdagi kaltsiyning o'rni

Kaltsiy – bu inson organizmida yetarli miqdorda boʻlishi salomatlik uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan mineraldir. U baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida va baʼzi dori vositalari, masalan, antatsidlar tarkibida mavjud boʻladi, shuningdek u oziq-ovqat qoʻshimchasi shaklida ham boʻlishi mumkin. Kaltsiy qon tomirlari, asab va mushaklarning meʼyorida ishlashi uchun zarur.


Kaltsiy hayotiy zarur element hisoblanadi. Biz organizmimizdagi kaltsiyning sarfi uning isteʼmolidan oshib ketmasligi uchun, u organizmimizda qanchaga kamaysa, uni shuncha miqdorda isteʼmol qilishimiz kerak. Bu muvozanat juda muhim ahamiyatga ega, chunki uning buzilishi suyaklardan yetishmayotgan kaltsiy miqdorini izchil yuvib chiqarishga olib kelishi mumkin.
Agar kaltsiy yetishmovchiligi qisqa muddat davom etsa, bu odatda biror alomatni keltirib chiqarmaydi. Organizm ushbu mineralning qondagi konsentratsiyasini mustaqil ravishda tartibga soladi. Kaltsiy yetishmovchiligi koʻpincha sogʻliq muammolari, notoʻgʻri davolanish yoki jarrohlik amaliyoti bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadi. Masalan, bunga oshqozonni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash, buyrak yetishmovchiligi, shuningdek baʼzi dori-darmonlarni qabul qilish sabab boʻlishi mumkin.


Kaltsiy yetishmovchiligining uzoq muddat davom etishi baʼzi odamlarda osteopeniyani rivojlanishiga olib keladi. Agar uni davolamasa, bu osteoporozga olib kelishi mumkin. Suyak sinishi xavfi, ayniqsa qariyalarda ortadi. Bolalarda koʻp miqdordagi kaltsiy yetishmovchiligi odatda D vitamini yetishmasligi bilan ham bogʻliq boʻlgan raxit kasalligini keltirib chiqaradi.
Oʻz suyaklaringizni himoya qilish uchun juda eʼtiborli boʻlishingiz va koʻproq kaltsiy isteʼmol qilishingiz kerak. Kaltsiy bizning yoshimiz nechada boʻlishidan qatʼiy nazar organizmimiz uchun juda zarur!


Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.