PZR tahlili va ekspress-test o'rtasida qanday farq bor?

Ekspress-test yordamida organizmda koronavirus bor yoki yoʻqligi aniqlanadi. Bu orqali bemorga tashxis qo'yish va terapiyani tayinlash o'rtasidagi vaqtni qisqartirishga erishiladi, chunki tahlil natijasi 10 daqiqa ichida aniqlanadi.

PZR testi virusni kasallikning dastlabki bosqichida va simptomsiz bosqichida aniqlashi mumkin. Bunday tahlilning aniqligi biomaterial namunalarining to'g'riligiga qarab eng ishonchlisi hisoblanadi, ammo bu tahlil natijasi bir kunda ma'lum bo'ladi.

Har qanday holatda ham natija PZR testi bilan qayta tasdiqlanadi, lekin bu vaqt behuda o'tmaydi, chunki tahlil natijasini bilib olasiz, terapiya tayinlanadi va dori-darmonlar beriladi.

Barcha savollar bo'yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.