Yoz: qanday qilib to'g'ri ovqatlanish kerak?

Yozda toʻgʻri ovqatlanish
Yoz – oʻz ustida ishlash va “organizmga gʻamxoʻrlik qilish”ning ayni vaqti. Plyaj mavsumini toʻla-toʻkis qurollangan holda kutib olish, shuningdek, organizmda Yangi yilgacha yetadigan quvvat zaxirasini toʻplash uchun atigi bir nechta oddiy qoidalarga amal qilinsa kifoya.

✅ Sabzavotlar va koʻkatlar – bu sizning yozgi mavsumda stolingizda doimo boʻlishi kerak boʻlgan narsalardir! Sovitilgan shoʻrvalar, borshlar va okroshkalar, jarkop, salatlar va eng muhimi, koʻkatlar haqida unutmang. Bu sabzavotlarga boy taomlar tarkibida koʻplab vitaminlar, minerallar, ozuqa tolalari va boshqa foydali moddalar mavjud;
✅ Meva va rezavorlar tarkibida koʻp miqdorda suv saqlaydi. Bu esa, jazirama havoda juda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yangi uzilgan rezavor mevalar tarkibida foydali vitaminlar juda koʻp boʻladi.

Yozda ovqatlanish ratsioni tarkibida yogʻli va shoʻr ovqatlar boʻlmasligi kerak, chunki ular kuchli chanqoq hissini uygʻotadi va organizmda suvni ushlab qoladi. Sut mahsulotlarini esa, juda ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilish kerak, chunki issiqda ularda bakteriyalar juda tez rivojlanadi, shuning uchun eng yaxshisi bu davrda qatiq mahsulotlarini isteʼmol qilgan maʻqul. Xamir ovqatlar va shirinliklar, ayniqsa pirojniylar mutlaqo tavsiya etilmaydi.

Yozda sogʻlom ovqatlanish tartibiga amal qilganda, kofe va gazlangan shirin ichimliklardan ham voz kechish kerak, chunki ular chanqoqni oshiradi. Ushbu tavsiyalarni hisobga olgan holda, toʻgʻri ovqatlanish tartibiga amal qilish orqali, siz organizmingizning suvsizlanishini oldini olasiz va uning foydali moddalar bilan toʻyinishiga yordam berasiz. Toʻgʻri ovqatlanish sizga oʻz tanangizni tartibga keltirishga va qomatingizni ajoyib holatda saqlab qolishga yordam beradi.