Terimizga aynan qaysi vitaminlar kerak?

C vitamini.
Antioksidant ta'sirga ega va melanin miqdorini tartibga soladi. Shuningdek, u teri elastikligi uchun javob beradi va terida kollagen paydo bo'lishiga yordam beradi. U nafaqat sitrus mevalarda, balki qulupnay, kivi, brokkoli, bolgar qalampiri (ayniqsa qizil turi), qorag'at va turpda ham mavjud. Na'matak tarkibida C vitamini bor mahsulotlar orasida mutlaq chempion hisoblanadi.

 B guruhi vitaminlari.
Ular teri rangini bir xil qilishga yordam beradi, dermatitdan himoya qiladi va kuchli antioksidant hisoblanadi. Ular yorma, kepak, meva va sabzavotlar, tovuq jigarida mavjud.

 Vitamin E.
U terining qarish jarayonini sekinlashtiradi va terining elastikligi uchun mas'ul bo'lgan A vitaminining so'rilishiga yordam beradi. Ular birgalikda sizni teri quruqligi, qichishish, qizarish, mayda ajinlar va terining tez qarishi va boshqa belgilardan xalos qiladi.

A vitamini.
U yog'li baliq, sut va sariyog', jigarda mavjud. O'simliklardan tarkibida ko'p miqdorda karotini bo'lgan olovrang sabzavotlar va mevalarda, jumladan, sabzi, qovoq va pomidorda uchraydi. E vitamini esa o'simlik yog'i, yong'oq va pista tarkibida bo'lib, A vitaminining so'rilishini yaxshilaydi.

Mikroelementlar: sink, selen, magniy, kalsiy, oltingugurt va mis. Ularsiz teri quruqshab qoladi, husnbuzarlar, pigmentatsiya, shish paydo bo'ladi va yuz terisining rangi yomonlashadi.

Siz "SSlab" laboratoriyamizda organizmingizdagi mikroelementlar va vitaminlar mavjudligini tekshirishingiz va tahlil natijalarini ertasi kuni o'zingiz uchun qulay formatda olishingiz mumkin

+99871 208 86 86, +99871 208 87 87