Vazn tashlashdan oldin qanday tahlillardan o'tish kerak?

Ortiqcha vaznning sabablari ko'p, ammo ulardan ikkitasi eng keng tarqalgani hisoblanadi: odam sarflaganidan ko'ra ko'proq kaloriyani iste'mol qilishi yoki biror kasallikning mavjudligi. Organizmda nima sodir bo'layotgani va qanday qilib vazn tashlash mumkinligini faqat ushbu tahlillardan so'ng tushunishingiz mumkin.

• Insulin - oshqozon osti bezining gormoni. Uglevodlar va lipidlar almashinuvini tartibga soladi.
• Leptin - bu yog' hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan gormon.
• Estradiol - yog' qatlamlarining to'planishiga yordam beradi.
• Qalqonsimon bez gormonlari (T3, T4, TTG) - moddalar almashinuvining tezligi va intensivligini tartibga soladi, shuning uchun ulardagi buzilishlar vaznning o'zgarishiga olib kelishi mumkin.
• Testosteron - lipidlar almashinuvida bevosita ishtirok etadi.
• Kortizol - organizmni energiya bilan ta'minlaydi va buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Kortizol me'yorining buzilishi qorin va bo'yinda yog'larning to'planishiga olib keladi.⠀
• Glyukoza - ertalablari glyukoza darajasining ko'tarilishi metabolik sindrom (qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi xavfli omil) va qandli diabetdan darak berishi mumkin.
• Qonning biokimyoviy tahlili (ALT, AST, bilirubin, umumiy protein va boshqalar) - jigar va buyrak qanday ishlayotganini ko'rsatadi.

Yuqoridagi barcha tahlillarni siz "SS-lab" laboratoriyamizda topshirishingiz mumkin, ertasi kuniyoq siz o'zingiz uchun qulay formatda aniq natijalarga ega bo'lasiz

Barcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87, +998 99 287-87-87