Inson qonida protrombin normasi qanday?

Inson qonidagi protrombin meʼyori 
Gemostaz tizimining toʻgʻri ishlashi qonning optimal zichligini taʼminlaydi. Bunda qondagi protrombinlar asosiy rol oʻynab, ularning meʼyoridan ortiqligi yoki kamligi salomatlik bilan bogʻliq muammolardan darak berishi, shuningdek qon ketishiga yoki trombozga sabab boʻlishi mumkin.
Protrombin uchun qon tahlili – gemostazni (qonning ivish tizimini) tavsiflash juda muhim testdir. Tadqiqot natijasi quyidagi shaklda taqdim etilishi mumkin: Kviku boʻyicha protrombin darajasi, unda meʼyoriy plazma eritmalarida oʻlchangan protrombin vaqtini (plazmaning ivish davri, soniyalarda ifodalangan) hisobga olib tuzilgan kalibrlash grafigi boʻyicha aniqlangan oqsil faolligi foizlarda koʻrsatiladi.

Sogʻlom odamda INR darajasi 1-1,25 ni tashkil qiladi. Agar protrombin indeksi aniqlandigan boʻlsa – bitta standart zardob bilan tahlil qilish uchun norma 95-105% ni tashkil qiladi, Kviku boʻyicha bu koʻrsatkich 78% dan 142% gacha oraliqda boʻlishi kerak.
Qonni ovqatlangandan keyin kamida 6-8 soat oʻtib topshirish tavsiya etiladi. Tahlil topshirishdan bir kun oldin spirtli ichimliklar ichmaslik va chekmaslik, jismoniy va ruhiy zoʻriqishdan saqlanish kerak.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz protrombin uchun qon tahlillarini topshirishingiz va natijalarini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida butun Toshkent boʻylab laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.