Immunitet tizimini mustahkamlash uchun qanday ovqatlanish kerak

Barchamiz doimo oʻz salomatligimiz haqida qaygʻurishimiz kerak. Ayniqsa hozir, koronavirus butun dunyo boʻylab tez surʼatlar bilan tarqalayotgan bir vaqtda bu juda muhim. Bunday paytda biz oʻz immunitetimizni mustahkamlashimiz zarur. Buni esa oʻz ratsionimizga foydali mahsulotlarni qoʻshish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Hozir biz sizlarga sizning immunitet tizimingiz uchun foydali boʻladigan ovqatlanish qoidalari haqida gapirib beramiz.

Shunday qilib, biz sizlarga oʻz immunitetingizni yaxshilashingizga yordam beradigan bir nechta maslahatlar bermoqchimiz:
✔️Tarkibida C vitamini mavjud mahsulotlarni isteʼmol qiling (Koʻpchilik C vitamini koʻproq mevalarda boʻladi deb xato oʻylaydi, aslida esa, u eng koʻp bulgʻor qalampiri va tuzlangan karamda boʻladi. Shuningdek, rezavor mevalar tarkibida ham juda koʻp foydali moddalar mavjud);
✔️Oʻz ratsioningizga rangli sabzavotlarni qoʻshing (Yorqin rangdagi sabzavotlarda immunitetimizni mustahkamlaydigan, organizmning har bir hujayrasini quvvat bilan taʼminlaydigan va ularni yanada chidamliroq qiladigan juda koʻp toʻyingan efir yogʻlari mavjud);
✔️ Toʻla qiymatli oqsillarni koʻproq isteʼmol qiling (oqsil muvozanatini saqlash uchun oʻz ratsioningizda goʻsht, baliq, sut mahsulotlari, dukkakli mahsulotlar va tuxum boʻlishini taʼminlang);
✔️Sarimsoq, piyoz va yerqalampir haqida unutmang (Sarimsoq, piyoz, yerqalampir, lavlagi, selderey va sabzi fitonsidlarga – bakteriyalarni oʻldiradigan yoki ularning koʻpayishini toʻxtatadigan faol moddalarga – shuningdek, oʻsimlik kletchatkasiga boy);
✔️ E vitamini darajasini meʼyorida saqlang (u yongʻoq, avakado, oʻsimlik moylari, tuxum sarigʻi va yirik donli nonlar tarkibida mavjud).

Sogʻlom immunitetni saqlab qolish uchun birinchi navbatda oʻz ovqatlanish ratsioningizni yaxshilashingiz kerak. Umid qilamizki, bizning maslahatlarimiz sizga oʻz ratsioningizga foydali va mazali mahsulotlarni qoʻshishda yordam beradi!