Covid-19 uchun ekspress-testni qayerda topshirish mumkin?

Koʻpchilik odamlar koronavirus uchun testni SSLabʼning qaysi filiallarida topshirish mumkinligi haqida savol berishadi. Garchi hozir vaziyat yaxshilangan boʻlsa-da, biroq virus hali ham mavjud. Shuning uchun, oʻzingizning xavfsizligingizni taʼminlash uchun eng yaxshisi tahlil topshirganingiz maʼqul.
Siz Covid-19 testini bizning 20 ta filialimizda, xususan 4, 6, 8, 2, 16 va 52-oilaviy poliklinikalarda, shahar Endokrinologiya dispanserida va barcha tuman markaziy poliklinikalarida topshirishingiz mumkin.
SSLab laboratoriyasining har bir filialida sifatli tekshiruv oʻtkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Shifokorlar oʻsha joyda tahlillarni tekshiradilar va siz 15 daqiqada tahlil javobini olasiz.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.