Tanada testosteron nima?

Testosteron bu – erkaklardagi asosiy jinsiy gormon boʻlib, u dovyuraklik uchun javobgardir. Organizmda uning darajasining pasayishi mushak tonusining zaiflashishiga, koʻp charchashga, kallikka va tushkunlikka olib kelishi mumkin.
Sogʻlom erkaklarda testosteronning organizmdagi konsentratsiyasi 280-1100 ng/dl, ayollarda – 15-70 ng/dl ga teng boʻladi. Ayol organizmida testosteron suyaklarning mustahkamligiga va oʻsishiga, mushaklarning shakllanishiga, asab tizimi va miyaning rivojlanishiga javob beradi.

Testosteronga tahlil topshirish uchun asos boʻladigan sabablar:
✔️ bepushtlik;
✔️ buyrak usti bezlari oʻsimtalari;
✔️ semirish;
✔️ osteoporoz;
✔️ husnbuzarlar;
✔️ erkaklarda: erektil disfunksiya, gipogonadizm, libidoning pasayishi, surunkali prostatit, osteoporoz, Klaynfelter sindromi;
✔️ ayollarda: hayz davrining buzilishi, bachadondan qon ketishi, homiladorlikni koʻtara olmaslik, polikistoz tuxumdonlar, adrenogenital sindrom, tuxumdon oʻsmalari, endometrioz.

Tahlil topshirishdan bir kun oldin har qanday jismoniy zoʻriqishdan, spirtli ichimliklardan va chekishdan, shuningdek yogʻli ovqatlardan saqlanish tavsiya etiladi. Testosteron uchun qon qatʼiy ravishda och qoringa, ertalab (soat 11 gacha) topshiriladi – aynan shu vaqtda testosteron darajasi eng yuqori darajada boʻladi.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida mazkur gormon darajasini aniqlash uchun qon tahlili topshirishingiz va tahlil natijasini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida butun Toshkent boʻylab laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.