Osteoporoz diagnostikasi

Osteoporoz – bu skeletning metabolik kasalligi boʻlib, u suyak massasining pasayishi, suyak toʻqimalarining mikroarxitektonikasining buzilishi bilan tavsiflanadi va uning oqibatida eng yengil shikastlanishda ham sinish holati kelib chiqadi.
Osteoporotik sinishlar kishi oʻz boʻyi balandligidan yiqilib tushganda, noqulay harakatlar, yoʻtalish, aksirish va umuman koʻzga koʻrinarli shikastlanishlar yuz bermaganda ham paydo boʻlishi mumkin.

Osteoporoz diagnostikasi – bu fosfor-kalsiy almashinuvini baholash va osteoporozni oʻz vaqtida aniqlashga imkon beradigan maxsus qon tahlillari toʻplami. Mazkur tekshiruv osteoporozni erta davridayoq aniqlashda yordam beradi – menopauza paytida ayollarda tez-tez uchraydigan suyak toʻqimalarining siyraklashuvi jismoniy yuklamalar vaqtida suyaklardagi ogʻriqlarning ortishi va sinish xavfini ortishi bilan kuzatiladi.
Bunda quyidagi tahlillarni topshirish tavsiya etiladi:

  • Kalsiyning umumiy miqdori;
  • Osteokalsin;
  • Paratgormon;
  • Ishqoriy fosfataza;
  • Fosfor;
  • Vitamin D.

Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz mazkur tekshiruvdan oʻtishingiz va javoblarni ertasi kuniyoq bilib olishingiz mumkin. Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida Toshkent boʻylab laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.