Siz bilan salomatlik haqidagi noyob faktlarni bo'lishamiz

» Haddan tashqari to'g'ri o'tirish belga salbiy ta'sir qiladi, chunki o'z qomatingizni tik tutish va to'g'ri oʻtirish sizdan alohida kuchlanishni talab qiladi. Bunday harakatlar bel va bo'yin sohasida og'riq paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Qomatingizni tuzatishning eng samarali usuli yoga yoki fitnes mashg'ulotlari hisoblanadi.
» Tarkibida yog' kam bo'lgan ovqatlar vazn tashlashga yordam bermaydi.
Aslida, insonni yog' emas, balki ortiqcha kaloriya va noto'g'ri ovqatlanish semirtiradi. Ba'zi bir yog'li ovqatlar, aksincha, vazn yo'qotishga yordam beradi, chunki katta miqdordagi sog'lom yog'lar organizmni uzoq vaqtga to'yintiradi.
»  Yoqimli hidlar chekish istagini bostirishi mumkin. Amerikaning psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, yoqimli hidlarni hidlash chekish istagini kamaytiradi.
»  Kundalik faol sayrlar qon tomirlari, o'pka, mushaklarni chiniqtiradi va so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, ko'krak saratoni xavfini 25%ga kamaytiradi.

»  Yangi siqilgan sharbatlar juda foydali ekanligi va ularni nonushta va tushlikda ichish lozimligi haqida ko'p gapiriladi. Biroq, dietologlar bu mifni tezda yo'qqa chiqarishdi. Bir stakan fresh - bu yana bir ortiqcha kaloriya manbayi.