T4 tahlili nimani ko'rsatadi?

Tiroksin – qalqonsimon bezning ikkita asosiy gormonlaridan biri boʻlib, uning asosiy vazifasi organizmda energiya va plastik almashuvni tartibga solishdir. Erkin tiroksin – moddalar almashinuvida muhim rol oʻynaydigan umumiy tiroksinning biologik faol qismidir.

Tahlil quyidagilar uchun kerak:
✔️Qalqonsimon bez funksiyasining buzilishida tashxis qoʻyish va ularni davolashni nazorat qilish;
✔️Ayollarning bepushtlik sabablarini aniqlash;
✔️Tugʻma gipotireozni aniqlash uchun.

T4 gormoni uchun tahlil quyidagi patologiyalar haqida maʼlumot beradi:
✔️onkologiya;
✔️organizmda yod tanqisligi;
✔️gipotireoz;
✔️autoimmun kasalliklar;
✔️ yurak kasalliklari;
✔️ qalqonsimon bezning kattalashishi;
✔️ ayollarda bepushtlik;
✔️ buyrak kasalligi;
✔️jigar faoliyatidagi muammolar;
✔️ qon tomirlari faoliyatidagi ogʻishlar.

Siz Zamonaviy SSLab laboratoriyasida T4 uchun qon tahlili topshirishingiz va natijasini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida butun Toshkent boʻylab laboratoriyamizning 50 dan ortiq filiallari tashkil etilgan.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.