B va C gepatitlar haqida nimalarni bilamiz?

Gepatit – bu turli xil viruslar yoki toksinlar keltirib chiqargan yalligʻlanish asosida paydo boʻladigan jigar kasalligi. Ushbu kasallik jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va hatto jigar saratoni kabi asoratlari bilan xavflidir. Gepatitni oʻz vaqtida aniqlash toʻgʻri davolash usulini tayinlash va jigar faoliyatini tiklashning asosiy omili hisoblanadi.
Gepatit nima sababdan paydo boʻlganligidan qatʼiy nazar, u keltirib chiqaradigan xavf deyarli har doim bir xil boʻladi – jigar hujayralari oʻz vazifasini bajarishdan toʻxtaydi va halok boʻladi. Aynan qon tahlili ushbu kasallik haqida koʻproq maʼlumot berishi mumkin.

Surunkali gepatit B ning kelib chiqishiga sabab bu – tarkibida faqat B virusiga xos boʻlgan antigenlarni saqlaydigan gepatit B virusidir. Ularning organizmda paydo boʻlishiga javoban immun tizimi nafaqat virusning mavjudligini, balki uning faolligini ham bildiradigan oʻziga xos antitanachalarni ishlab chiqaradi.

Surunkali gepatit C kasalligi gepatit C virusi tufayli jigarning shikastlashi oqibatida yuzaga keladi. Uning oʻziga xos jihati shundaki, bu virusning genetik maʼlumotlari aksariyat viruslardagi kabi DNKʼda emas, balki unga mutatsiyalashish uchun katta imkoniyat yaratib beradigan RNKʼda saqlanadi.
Gepatitning u yoki bu turini aniqlash uchun tekshiruvlar oʻtkazish talab etiladi va bizning klinikamizda siz tegishli tahlillarni topshirishingiz mumkin.
SSLab laboratoriyasining har bir filialida yuqori sifatli tekshiruv oʻtkazish uchun barcha sharoitlar mavjud: ular zamonaviy jihozlar va malakali shifokorlar bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, siz oʻz tahlil natijalaringizni oʻsha kuniyoq olishingiz mumkin.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.