Kichik bemorlarimizning xavfsizligi "SS-lab" uchun eng ustuvor vazifa!

Biz kichik bemorlarga alohida e'tibor bilan munosabatda bo'lamiz, shuning uchun qon tahlilini o'tkazish jarayonida har bir bolaga individual yondashamiz! Tahlil o'tkazilgandan so'ng esa biz bolaga mardligi uchun maxsus maqtov yorlig'ini topshiramiz! 

Va, albatta, biz sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklamoqchimiz!
Bolajonlarning shodon tabassumi sayyoramizni yoritib tursin, har bir kichkintoy hamisha sog'lom va baxtli-saodatli bo'lsin!