Qandli diabet uchun tahlil

Qandli diabet – bu surunkali kasallik boʻlib, bu kasallikka chalinganda qondagi qand miqdori meʼyoridan ortib ketadi. Agar qondagi ortiqcha shakar oʻz vaqtida yoʻq qilinmasa, odam asta-sekin harakatlanishdagi moʻljal olish qobiliyatini yoʻqotadi, alahlashni boshlaydi va hushidan ketadi. Qandli diabet kasalligiga chalingan bemorda qand miqdori keskin oshganda darhol tibbiy yordam koʻrsatilmasa bemor halok boʻlishi mumkin.

Qandli diabet surunkali gormonal kasallik boʻlib, u oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan, inson toʻqimalariga glyukoza yetkazib berish vazifasini bajaradigan, insulin deb ataladigan gormonning yetarli darajada ishlab chiqarilmayotganligini anglatadi. Qandli diabetning paydo boʻlishi va uning toʻsatdan paydo boʻlishi sabablari juda koʻp va ilm-fan tomonidan hali ularning barchasi ham oʻrganib chiqilmagan. Hatto oddiy kuchli qoʻrquv ham organizm faoliyatining buzilishiga va organizmning insulinga nisbatan sezuvchanligining yoʻqolishiga sabab boʻlishi mumkin.

Siz zamonaviy SSLab laboratoriyasida qandli diabet uchun qon tahlili topshirishingiz va natijalarini ertasi kuniyoq olishingiz mumkin.
Glyukozaning meʼyoriy kontsentratsiyasi 3-5 mmol/L dan oshmasligi kerak, bu koʻrsatkichning oshishi xavfli omillardan darak beradi. Tahlil uchun qon nafaqat och qoringa, balki ovqatlangandan soʻng 15-16 soat oʻtgach topshirilishi kerak. Shuningdek, tahlil topshirishdan bir kun oldin siz chekishingiz, spirtli ichimliklar ichishingiz va jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishingiz mumkin emas.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.