Allergiya tahlili

Allergiya – bu organizmning immun tizimining oddiy zararsiz moddalarga nisbatan kuchli reaksiyasi. Boshqacha soʻz bilan aytganda, bu tananing biror moddaga nisbatan yuqori sezuvchanligidir.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, sayyoramizning deyarli 40% aholisi allergiyadan aziyat chekadi. Allergiya quyidagi koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin: tumov, koʻzdan doim yosh oqishi, teri toshmalari, shilliq qavatning shishishi, giperemiya va koʻngil aynishi.

Baʼzi hollarda allergik reaksiyalar shunchalik kuchsiz namoyon boʻladiki, bunda siz hatto allergiyaga chalinganingizni bilmasligingiz ham mumkin. Lekin, baʼzan aksincha, allergiya oʻta xavfli boʻlishi va hatto hayot uchun xavf tugʻdirishi ham mumkin. Bunday holatlarda uni bartaraf etish yoki yengillashtirish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.

Zamonaviy SSLab laboratoriyasida siz allergiya alomatlarini aniqlash uchun barcha kerakli tahlillarni topshirishingiz, shuningdek, uning oqibatlarini oldini olish uchun bizning shifokorlarimizdan maslahat olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, bizning laboratoriyamizning Toshkent boʻylab 50 dan ortiq filiallari mavjud.

Quyidagi telefon raqamlari orqali qabulga yozilishingiz mumkin: +998 71 208-86-86, +998 71 208-87-87.